Kentukki shtatida yashovchi Tess Tompson Telli “bir umrlik orzusi” — kamyob qora jirafani o‘ldirish uchun Afrikaga yo‘l oldi, deb yozadi bigpicture.ru. U orzusini amalga oshirdi va hatto o‘z o‘ljasi oldida fotosessiya ham uyushtirdi. Ammo uning bu ishi odamlarning havasiga emas, g‘azabiga duchor bo‘ldi.

Foto: Tess Thompson Talley

Bu ov o‘tgan yili uyushtirilgan va Telli ovdan olingan fotosuratlarni Feysbukdagi sahifasiga joylashtirgandi. Biroq bu suratlar Afrikadagi OAV tomonidan e'lon qilinganidan so‘ng unga katta e'tibor qaratildi.

«Amerikalik oq tanli yovvoyi xuddi ibtidoiy odamga o‘xshab Afrikaga keladi va ahmoqligi sababli kamyob jirafalarni o‘ldiradi. Uning ismi Tess Tompson Telli. Marhamat, ulashing».

Bu post 7 mingga yaqin izoh to‘pladi. Aksariyat izohlarda amerikalik ayollar qoralangan bo‘lsa, turizmning bunday turiga ruxsat bergan Afrika mamlakatlari hukumatini qoralovchilar ham topildi.

Their brutality knows no boundaries

«Ularning yovuzliklari chegara bilmaydi».