Jahon | 16:29 / 04.07.2018
39107
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada sakkiz yoshli bola maktabni bir yarim yilda bitirdi

Foto: VRT NWS

Belgiyalik Loran Simons sakkiz yoshida maktabni bitirdi va universitetga kirishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi RTBF.

Loran bir yarim yil ichida olti yillik maktab kursini tugalladi va 18 yoshli bitiruvchilar bilan birga shahodatnoma oldi. Bolaning ota-onasi uning IQ ko‘rsatkichi 145ga teng ekanligini ta'kidlashmoqda.

RTBFga bergan intervyusida Loran matematika fanini sevishini, "chunki bu fan keng miqyosli bo‘lib, statistika, geometriya va algebrani o‘z ichiga olishini" aytgan.

Ota-onasining aytishicha, u bo‘sh vaqtida matematik vazifalarni yechishni va tibbiyotga oid kitoblarni o‘qishni yoqtiradi. U avvallari xirurg yoki astronavt bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa, hozirda informatikaga qiziqib qolgan.  

Yozgi ta'tildan so‘ng yosh vunderkind universitetga o‘qishga kirmoqchi. U hozircha oliy ta'lim muassasasini tanlamagan, ammo unga jahonning yetakchi universitetlaridan takliflar tushmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid