Minnesota universiteti olimlari uzoq ijtimoiy izolyatsiya inson organizmiga jismoniy oğriq berişi va davomli destruktiv ta'sir körsatişi mumkinligini aniqlaşdi. Amerika yurak kasalliklari assotsiatsiyasi şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, yolğizlik organizmning umumiy holatiga qarab, miya va boşqa içki organlar "eskirişi"ni tezlaştiradi hamda ölim xavfini 50-70 foizga oşiradi. 

Olimlarning ma'lumotlariga köra, ijtimoiy izolyatsiya yuqori qon bosimi rivoji xavfini sezilarli darajada oşirişi va odamlarni jahldor qilib qöyişi mumkin. Şifokorlar yolğizlik natijasidagi ölim holatlarini yurak kasalliklariga qiyoslaşadi - har holda ijtimoiy izolyatsiya va yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi ölim holatlari statistikasi yolğiz insonlar boşqalarga nisbatan 3,5 baravar tezroq hayotdan köz yumişlarini körsatmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, barça yoşdagi kişilar ijtimoiy izolyatsiyaga mahkum: olimlarning hisob-kitoblariga köra, 20 yoşdan 80 yoşgaça bölgan kişilar bundan aziyat çekişar ekan. Bundan avval Kvinslend Universiteti olimlari ham xuddi şu gipotezani tasdiqlaşgan edi. Ularning fikriça, ijtimoiy munosabatlarning yöqligi insonga alkogol va tamaki mahsulotlaridan-da kuçli salbiy ta'sir körsatadi.