AQŞning Pensilvaniya ştatida yaşovçi erkak özini aybdor his qilib, 44 yil avval avtoturargoh uçun tölamagan haqni tölaşga qaror qilgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Ştatning Minersvill şahri politsiya bölimida aytilişiça, bölimga içida 5 dollar va maktub bölgan konvert kelgan. Politsiya boşliği Maykl Komsning aytişiça, maktubda noma'lum erkak özining qilmişi uçun uzr söragan.
“Hurmatli politsiya departamenti, men bu çiptani özim bilan 40 yildan köproq olib yurdim. Har doim uning pulini tölamoqçi bölib yurardim. Öz ma'lumotlarimni ma'lum qilmaganim uçun keçirasizlar. Hurmat bilan Deyv”, deb aytilgan maktubda.
Ta'kidlanişiça, erkak 1974 yildagi parkovka çiptasi uçun 2 dollar tölaşi kerak bölgan, biroq u 5 dollar jönatgan. Ayni vaqtda bunday çipta 20 dollar turadi.

















