Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev videomurojaat orqali Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev haqidagi fikrlarini bildirib ötdi. Bir daqiqadan ortiqroq davom etgan uşbu video qöşni respublika rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keltirilgan.
«Birinçi navbatda şuni qayd etmoqçi edimki, taqdir menga jahon darajasidagi siyosiy arbob – Qozoğiston prezidenti Nursulton Abişeviç Nazarboyev bilan hamkorlik qiliş va birgalikda işlaş imkoniyatini taqdim etdi», – degan Özbekiston prezidenti.
Şavkat Mirziyoyev 6 iyul kuni 78 yoşga töladigan Nazarboyevni katta islohotçi deb atagan. Özbekiston Prezidenti Qozoğistonning bugungi kundagi barça yutuqlari Nazarboyev nomi bilan boğliq, deb atagan.
«U judayam kelajakka intilgan kişi. U umuman, öz hayotida ham islohotçi. Buni Qozoğiston mustaqillik yillarida erişgan yutuqlarga qarab ham biliş mumkin», – degan özbekistonliklar yetakçisi.
Şavkat Mirziyoyevning fikriça, Nursulton Nazarboyev erişgan eng katta muvaffaqiyat – bu mamlakatdagi tinçlik va xotirjamlikdir. U hozirda barça mamlakatlar Qozoğiston erişgan yutuqlarni körib turganini qayd etgan.
«Menga u bilan işlaş juda ham qulay. Menga u bilan til topişiş juda oson. Har bir uçraşuvimiz men uçun ibratli bölgan. Uning yana bir alohida sifati şundaki, Nursulton Abişeviç hamişa öz jamoasiga jiddiy e'tibor qaratadi. Bu jamoa esa Prezident Nazarboyevning inqilobiy ğoyalarini hayotga tatbiq etadi», – deydi Mirziyoyev.
Özbekiston prezidenti özining ilk intervyusini 2017 yil martida «Kazinform» axborot agentligi uçun bergandi. Öşanda u özbek-qozoq munosabatlari Markaziy Osiyodagi barqarorlik uçun ahamiyatli ekanini ma'lum qilib ötgandi.












