Ayni kunlarda «Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi»gi  Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram-kanalida ma'lum qilingan.

Qaror bilan Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.