Rossiyaning Çita şahrida milliy adovat negizida bir qator qotilliklarni sodir etgan 45 yoşli Yevgeniy Krasnoyarov umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Baykalorti ölkasi prokuraturasi ma'lum qildi.
Tergovning aniqlaşiça, Krasnoyarov 2006 yildan 2016 yilgaça 10 yil davomida 8 ta qotillik va 7 ta suiqasdni amalga oşirgan. Qurbonlar asosan özbekistonlik va tojikistonlik migrantlar bölgan.
Qotil 2006 yilda Çita-Xabarovsk va Çita-Zabaykalsk yöllari kesişmasi yaqinida mevalar sotayotgan ikki kişini töpponçadan otib öldirgan. 2012 yilda u Molotov kokteyli yordamida tsiganlar oilasi yaşagan uyga öt qöygan hamda uyning egasi va uning 11 yoşli qizini töpponçadan otib öldirgan.
Krasnoyarov 2013 yil mayida katta şov-şuvga sabab bölgan qotillikni amalga oşirgan. U Pesçanka posyolkasida 4 kişini – 2 nafar özbekistonlik erkak va ular bilan birga bölgan 2 rus ayolini öldirgan.
U keyingi hujumlarini 2013 va 2014 yillarda sodir etgan. Qotil töpponçadan meva sotuvçilarni yaralagan. Jabrdiydalar Tojikiston fuqarolari bölgan. Ulardan biri keyinroq şifoxonada vafot etgan.
Krasnoyarov öşanda özini “yaxşi iş qilmoqdaman”, deb hisoblagan. U xorijlik sotuvçilarni öldirib, şaharni “giyohvandfuruşlardan tozalayapman”, deb öylagan. Biroq qurbonlarning giyohvandfuruşlikka aloqadorliklari böyiça uning taxminlari öz isbotini topmagan.
Qotil milliy adovat negizidagi qotilliklar bilan çegaralanib qolmagan va şaxsiy xusumat negizida bir neçta qotillik sodir etgan.
Mahalliy OAV qotil 1990-yillarda bir neçta jinoiy töda a'zosi bölgani haqida ma'lumot bergan.
Sud qotilga umrbod qamoq jazosidan taşqari, 50 ming rubl miqdorida jarima solgan va jabrlanuvçilarga 4,5 mln rubllik ma'naviy ziyonni tölab beriş majburiyatini qöygan.
















