Özbekistonda Mediatsiya töğrisidagi qonun qabul qilindi. Respublika Qonunçilik hujjatlari milliy bazasi saytida şu haqida ma'lum qilindi. Mazkur qonun 2018 yilning 12 iyunida qabul qilingan, 28 iyunida Senat tomonidan ma'qullangan. Qonunni qabul qilişdan maqsad - mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş.
Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining mediatsiya töğrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan taqdirda, xalqaro şartnoma qoidalari qöllaniladi.
Mediatsiya — kelib çiqqan nizoni taraflar özaro maqbul qarorga erişişi uçun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator kömagida hal kiliş usuli.
Qonun matnida mediatsiya haqidagi asosiy tuşunçalar, mediatsiya tamoyillari, maxfiylik va ixtiyoriylik prinsiplari, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi tamoyillari, mediatorning mustaqilligi va xolisligi, mediatorga qöyilgan talablar kabi köplab moddalar keltirilgan.
"Davlat organlarining iş böyiça mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş çoğidagi harakatlari"ga doir moddaga köra:
- Qonunda nazarda tutilgan holatlarda vakolatli davlat organi işning muhokamasini koldirib, mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş uçun muddat tayinlaşi mumkin;
- Mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş çoğida davlat organining bevosita aralaşuvi taqiqlanadi;
- Sudda iş qözğatilganidan keyin mediatsiya tartib-taomilini amalga oşirişning öziga xos xususiyatlari protsessual konun hujjatlarida belgilanadi;
- Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida quriş jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş çoğida taraflar tomonidan erişilgan mediativ kelişuv tegişli iş qaysi sud yoki vakolatli davlat organining iş yurituvida turgan bölsa, darhol öşa sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi;
- Nizo mediativ kelişuv bilan mediatsiya tartibida hal kilingan takdirda, tölangan davlat boji qaytarilişi lozim.
Bundan taşqari, qonun matnida mediatsiya bilan boğliq qator atama va tuşunçalarga izoh berilgan, professional mediatorlar reyestri taqdim etilgan.
Mediatsiya töğrisidagi qonun 2019 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.
Qonun töğrisidagi batafsil ma'lumotlarni Qonunçilik hujjatlari milliy bazasi

















