Podpolkovnik Baxtiyor Nigmanov  IIV Toşkent şahar Yöl-harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari - Toşkent şahar yöl-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Içki işlar vazirligidagi manbaga asoslanib xabar bermoqda. 

Şu paytgaça uşbu lavozimda Jamşid Jörayev işlab kelgandi. Baxtiyor Nigmanov esa bungaça Toşkent şahridagi 3ta tuman batalon komandiri sifatida faoliyat yuritgan. Nigmanov Yunusobod, Olmazor va Şayxontohur tumanlarida iş olib borgan. 

Toşkent şahar Yöl-harakati xavfsizligi boşliğining yana boşqa örinbosari Aziz Sadirov ham öz lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Toşkent şahar Yöl-harakati xavfsizligi sobiq boşliği Barat Mamenov vazifasidan ozod etilganidan buyon bu lavozimga heç kim tayinlanmagan.