O‘zbekiston | 11:05 / 06.07.2018
39920
2 daqiqa o‘qiladi

RAVON iyun oyida Rossiyada birorta ham avtomobil sotmadi

Foto: Asia-Plus

O‘zbekistonning RAVON avtomobil brendi Rossiyada 2018 yil iyun oyida birorta ham avtomobil sota olmadi. Garchi RF avtobozori hisobot oyida 10,8 foizga oshgan bo‘lsa-da, shunday salbiy holat qayd etildi. Bu haqda Yevropa biznesi Assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining yangi hisobotida  ma'lum qilingan. 

Ta'kidlanishicha, eng ko‘p sotilgan yangi yengil avtomashinalarning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridir. Shu bilan birga, 2018 yil iyun oyida avtomobillar savdosining 10,8 foizga o‘sishi kuzatilgan. 2017 yilning shu davriga taqqoslanganda 15 261 dona avtomobil ko‘proq sotilgan, jami 156 351tani tashkil etilgan. 

Umuman, 2018 yilning yanvar – iyun oylarida jami 849 221 ta avtomobil sotilgan. 

Biroq O‘zbekistonning RAVON brendi Rossiya avtobozorida o‘z o‘rnini yo‘qotgan. U top-25talikka ham kira olmagan. O‘tgan yilning shu oyida kompaniya Rossiyada 1 239 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan, 2018 yilning ilk 5 oyi mobaynida jami 5 184ta RAVON brendidagi mashinalar sotilgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid