Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ham AQShga qarshi javob bojlarini qo‘lladi
Rossiya AQSh bojlariga qarshi javob choralarini qo‘lladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vazirligi xabarida so‘z bormoqda, deb yozadi «Gazeta.Ru». Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev shunday buyruqni imzolagan.
«Olib kirilayotgan mahsulot qiymatining 25-40 foizi miqdorida kompensatsiya bojlari kiritiladi. AQShning ayrim mahsulotlariga, Rossiyada o‘xshashlari ishlab chiqariladigan bo‘lsa, shunday bojlar qo‘llaniladi», — degan iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Oreshkin.
Oydinlik kiritilishicha, bu kabi choralar doirasiga qurilish-yo‘l texnikalari, neft-gaz uskunalari, metallarni qayta ishlash va tog‘larda burg‘ilash ishlarini olib borish uchun texnikalar shular qo‘shimcha boj kiritilgan import mollaridir.
Oreshkinga ko‘ra, yangi bojlar shu kabi texnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan avval Xitoy va AQSh o‘zaro 68 mlrd dollarlik bojlarni joriy qilgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
11:41 / 07.07.2026
Xitoyda og‘ir xastalikka chalingan vatandosh qo‘llab-quvvatlandi
09:14 / 07.07.2026