Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand g‘orida qolib ketgan futbolchilarda kislorod tugamoqda
Tailand Harbiy dengiz kuchlari kapitani Apxakon Yungkxongkeo bayonotiga ko‘ra, Txam Luang g‘orida qolib ketgan murabbiy va 12 nafar futbolchi bolakaylarning, shuningdek qutqaruvchilarning hayoti kislorod miqdorining pasayib ketayotgani sababli, xavf ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni yo‘qolgan murabbiy va 12 nafar futbolchi 10 kundan so‘ng, Txam Luang g‘oridan topilgan edi. Ular qo‘qqisdan yuz bergan suv toshqini natijasida g‘orga qamalib qolishgandi.
«Suvni kamaytirishga urinayotgan mutaxassislar va bolalarni olib chiqishga harakat qilayotgan mutaxassislar tufayli, g‘orda kislorod miqdori kamayib bormoqda, uglekislota gazi miqdori esa oshyapti. Natijada, bolalarni olib chiqish variantlari qisqaryapti», — dedi kapitan Yungkxongkeo Thai PBS telekanali efirida.
Mavzuga oid
19:02 / 24.05.2026
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:19 / 20.05.2026
Tailand sayyohlar uchun vizasiz rejim qoidalarini kuchaytirmoqda
10:21 / 30.04.2026