Sönggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida bolalar haqida turli axborotlar tarqatilmoqda. Kimdir yöqolgan, kimdir zörlangan, kimdir sotilgan yoki «şunçaki» öldirilgan. Nahotki Özbekistonda bolalar şu qadar köpayganki, biz ular bilan insonga xos bölmagan munosabatda böla boşlaganmiz?
Faktlar hammasini aytib turibdi
2017 yilda Qibrayda istiqomat qiluvçi 27 yoşli ayol özining uç yoşli bolasini sotayotgan paytda uşlangan. Bir guruh insonlar huquq-tartibot organlariga murojaat qilib, M.Ismoilova bolasini begona şaxslarga 1000 AQŞ dollari evaziga sotişga urinayotganini ma'lum qilişgan. Tezkor uyuştirilgan operativ tadbir M.Ismoilova uç oylik öğilçasini 500 mingga sotayotganida uşlanişi bilan yakun topgan.
Joriy yilning 2 aprelida Qöqon şahri Turkiston köçasidagi daraxtlardan birining ostida uç yoşli bolakayning jasadi topildi. Operativ-qidiruv tadbirlaridan söng bolaning qotili öz onasi bölib çiqdi. Ma'lum bölişiça, Andijon viloyatida istiqomat qiluvçi Saidaxon Tilavoldiyeva öz jigarbandi, 2015 yilning 4 noyabrida tuğilgan Firdavsjon Ibrohimjonovni böğib öldirgan ekan. Operativ tadbirlar natijasida Saidaxon Tilavoldiyeva Toşkent şahrida qölga olingan.
Şu yilning may oyida Toşkent şahar IIBB jinoyat qidiruv bölimi tergovçilari Boş prokuratura tezkor xodimlari bilan birgalikda tuğilganiga yetti kun bölgan qizaloğini 4 ming AQŞ dollariga pullamoqçi bölgan ayolni aniqlaşdi. Ötkazilgan tadbir davomida Toşkent viloyati tumanlaridan birida istiqomat qiluvçi 23 yoşli Xayriniso J. (ismlari özgartirilgan) uşlanadi.
Abortlar va çaqaloqlarni sotib yuborişga oid sönggi yangilikdan esa hamma dahşatga tuşsa kerak. Ma'lumotlarga köra, homiladorlikni sun'iy bartaraf etiş mobaynida tirik tuğilgan çaqaloqlarni tibbiyot muassasasi xodimlari qalbaki hujjatlar bilan befarzandlikdan qiynalayotgan oilalarga 500–2000 AQŞ dollariga sotib kelişgan. «Mijozlar» topilmagan holatlarda esa, çaqaloqlar nobud böliş uçun taşlab qöyilgan va tibbiyot çiqindilari kuydiriladigan peçkada yoqilgan. Tekşiruv natijasida prokuratura xodimlari çaqaloqlarning kuydirilgan önlab tanalariga duç kelişgan.
Mavzuga oid
Bolalarning yöqolayotgani haqidagi faktlar deyarli har oyda e'lon qilinib turibdi. Agar rasman bölmasa, ijtimoiy tarmoqlarda bunday xabarga bot-bot közingiz tuşadi.
Bolalar ölimi — şunçaki statistika emas, aslo. Bu milliy fojia! Faktlar şuni körsatmoqdaki, özbek jamiyatining ayrim qismi hanuzgaça normal oila şakllantirişga tayyor emas.
Xöş, unda muammo nimada?
Birinçidan, amalda Özbekistonda «oilani rejalaştiriş» degan tuşunçaning özi yöq. Oilani rejalaştiriş insonlarga kerakli farzandlar soni, ularning tuğilişlari orasidagi vaqt intervalini aniqlaş imkonini beradi. Bunga turli tibbiy usullardan foydalanib erişiş mumkin. Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti prognozlariga köra, rivojlanayotgan davlatlardagi 214 million ayol homilador bölişni keçiktiriş yoki unga duçor bölmaslikni istaşadi, biroq heç qanday kontratseptsiya vositalardan foydalanişmaydi.
Ikkinçidan, 9 oylik rejalaştiriş. Negadir, Özbekistonda yangi tuşirilgan kelin aynan 9 oydan söng farzandli bölişi şart. Agar bu bir yilga çözilsa, u «kasal» deya tamğalanadi va bu ajralişlarga sabab ham böladi. Ayrim oilalarda yoş kelin-kuyovlar emas, ularning ota-onasi qaçon va qanday jinsdagi farzandni dunyoga keltirişni hal qilişadi. Yoş oilaning istaklari mutlaqo inobatga olinmaydi. Ehtimol, yoşlar 2-3 yildan söng — kelin magistraturani bitirganidan keyin, kuyov yaxşi iş joyga joylaşib olgaç farzand körişni istar, lekin bu ota-onalarni qiziqtirmaydi. Kelin 9 oydan söng tuğişi şart!
Uçinçidan, mazkur sohada aniq bir me'yoriy-huquqiy hujjatlarning yöqligi. Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasiga köra, ota-ona öz farzandlarining tarbiyasi va ulğayişi uçun mas'ul hisoblanadi. Ular öz farzandlarining soğliği, jismoniy, ruhiy, ma'naviy rivojlanişi uçun mas'uldirlar. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga köra, Ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga ta'lim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma'muriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi —eng kam iş haqining ikkidan bir qismidan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Özbekistonda, şuningdek, ma'lum bir holatlarda ota-onalik huquqidan mahrum qiliş legal amaliyoti ham mavjud, lekin gap bunda emas.
Mavjud vaziyatda me'yoriy-huquqiy hujjatlar ham soçilib yotibdi. Nimanidir kodeksdan, boşqasini qarorlardan, yana birini farmon yoki sönggi qonunlardan axtarib topiş kerak.
Umuman olganda, atrofda sodir bölayotgan voqealarga qarab, taajjublanasan. Ayrim odamlar toki farzandlariga zarur turmuş şaroitlarini yaratib bera olmas ekan, ularni dunyoga keltirib nima qiladi?
Xorijiy davlatlarning ham öz muammolari yetarliça. Biroq ijtimoiy xizmat deb ataluvçi taşkilotlar borki, ular bolalar huquqlarini faol ravişda himoya qilişadi.
Uyoqda farzandni dunyoga keltirişdan avval er va xotin yuz marta öylab, çamalab körişadi, çunki bola huquqining bir yoki bir neça marta buzilişi ijtimoiy xizmatlar tomonidan farzandning tortib olinişiga, kritik holatlarda esa ota-onalik huquqidan mahrum qilinişga olib kelişi mumkin.
4 yilça muqaddam Yevropada turmuş qurişganiga 8 yil bölgan, biroq hanuzgaça farzand körmagan oila bilan uçraşib qolgan edik.
«Nega?», deb savol berganimizda ular hali tayyor emasliklarini va qonun bilan boğliq muammolarga duç kelişni istamasliklarini (e'tibor bering — qonun bilan boğliq muammolarga!) bayon etişdi. Qonun deganda ular aynan ijtimoiy xizmatni nazarda tutişgan. Yoş oilalar sayohat qilişni va köngiloçar joylarda vaqt ötkazişni yaxşi körişadi. Mantiqni şu yerdan qidiravering. Ular farzand juda katta mas'uliyat ekanligini his qilgan holda, hali ota-ona bölişga tayyor emasliklarini bilişadi.
Xorij tajribasi
Amaliyotda, xorijiy davlatlarda oilalar va farzandlar bilan işlovçi köplab mutaxassislar ehtimoliy qoida buzilişlar haqida bolalarni himoya qiluvçi xizmatga xabar berişga majbur. Masalan, bolalar boğçasi va maktab xodimlarida bola yordamga muhtoj ekanligi borasida biror şubha paydo bölsa, bolalarni himoya qiliş xizmatiga xabar qilişlari kerak. Qoida tariqasida, mutaxassislar avvalo masalani oila bilan muhokama qiladi. Politsiya ham voyaga yetmagan bola jinoyatga qöl ursa, narkotik yoki alkogol iste'mol qilsa, oilaviy zöravonlik sahnalarida iştirok etganini aniqlasa ariza berişi mumkin.
Xizmatga murojaat etiş sabablari qanday bölişi mumkin?
Oila hayotida uning barça a'zolariga taalluqli jiddiy özgariş röy beradi;
Ota-ona bot-bot va köp miqdorda narkotik moddalar va alkogol iste'mol qilişadi;
Oilada zöravonlik holatlari yuz beradi;
Bola yoki ösmir özi uçun zararli harakatni amalga oşiradi, masalan, alkogol yoki narkotik iste'mol qiladi, qonunni buzadi yoki maktabga bormay qöyadi;
Bolada pisxologik muammolar kuzatila boşlanadi;
Bola masalan, ota-onasining bemorligi tufayli oila hayoti uçun öz yoşiga mos bölmagan katta mas'uliyatni gardaniga oladi.
Ariza yoki bildirgi berilgaç nima böladi?
Ijtimoiy xodim har bir bildirgi va arizani sinçiklab örganadi, şundan söng, aksariyat hollarda bolaning oiladagi örniga baho beriş jarayonini boşlaydi. Bolaning oiladagi örniga boğliq ravişda baholaş ijtimoiy yordam zaruriyatini aniqlaş yoki bolani himoya qiliş zaruriyatini aniqlaştirişdan iborat bölişi mumkin.
Aksariyat hollarda xodim oila bilan boğlanadi va ota-ona va bolalarni vaziyatni muhokama etiş uçun taklif qiladi. Jarayon davomida bir neça uçraşuv taşkillaştirilişi mumkin, bu uçraşuvlar ijtimoiy xizmat ofislarida ham, bolalar boğçasi, maktab yoki oila istiqomat qiluvçi uyda ham ötkazilişi mumkin. Paydo bölgan vaziyatga töliq aniqlik kiritiş uçun har ikki tomon tarjimon xizmatidan ham foydalanişi mumkin. Uçraşuvlarda qabul qilingan arizaning sabablari, bola va oilaga yordam qölini çözişning ehtimolli usullari muhokama etiladi. Jarayon mobaynida xodim bola bilan ota-onasining iştirokisiz ham uçraşadigan hollar köp böladi.
Bola va oilaning holati qançalik zarur bölsa, şu qadar keng baholanadi. Oilaning istagiga köra, hamkorlik bolaning boşqa yaqinlari yoki qarindoşlariga taklif qilinişi mumkin.
Oila va farzandning holati baholanişi oilaning ijtimoiy xizmat yoki bolalarni himoyalaş xizmati mijozi sifatida hisobga qöyilişi uçun sabab bölişi mumkin.
Agar farzand va oila ijtimoiy xizmat qöllab-quvvatlaşi yoki xizmatlaridan foydalanişni rejalaştirayotgan bölsa-yu, ularga bolalarni himoyalaş xizmati yordami zarur bölmasa, ular uçun ijtimoiy xizmat mijozi statusi davrida öz kuratori — mas'ul xodim ajratiladi. Ijtimoiy xizmat mijozi statusi ixtiyoriy böladi.
Agar oila va farzandning holati bolalarni himoyalaş markazi qöllab-quvvatlovini talab etsa, farzand bolalarni himoyalaş markazining mijoziga aylanadi. Bu holatda bola bilan boğliq işlarni yuritiş uçun maxsus tayinlangan ijtimoiy xodim işga kirişadi. Baholaş natijasida ijtimoiy yordam yoki bolani himoyalaş asnosida xizmat xodimlarida bolaning holati va vaziyati bilan boğliq taşviş tuğilib qolsa, farzand ota-onasi va özi kerak deb hisoblamasa ham u bolalarni himoyalaş xizmati mijozligiga qabul qilinişi mumkin.
Ijtimoiy xizmat yoki bolalarni himoyalaş xizmati mijozi statusi baholaş natijasida taşviş uçun sabab yöqligi aniqlanganida, şuningdek oila qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölmagan hollarda berilmaydi.
Agar bola yoki oila qöllab-quvvatlaşga muhtoj bölsa mijozga oid reja işlab çiqiladi.
Agar baholaş natijalariga köra bola va oila yordamga muhtoj deb topilsa, hayotning aynan qaysi jabhalarida yordam kerakligi va yordam qanday körsatilişini qamrab olgan reja tuziladi. Reja yozma ravişda tuziladi va «Bolalarni himoyalaş xizmatining mijozga oid rejasi» deb ataladi.
Mijozga oid reja doimo bola va uning oilasi iştirokida tuziladi. Zaruriyat tuğilganida u yiliga kamida bir marta yangilab turiladi. Yangiliklar kiritiş asnosida rejada qayd etilgan vaziyatlar qarab çiqiladi, yordamning neçoğlik foydaliligi baholanib boriladi.
Bizda-çi?
Ona: «Mana, uylanganingga bir yil böldi, öğlim. Negadir xotining menga yoqmayapti. Men ham nevara körişni istayman. Kasalxonaga 40 marta borib keldik. Sen endi u bilan buyoğiga yaşaş-yaşamasligingni hal qilişing kerak».
Öğil: «Oyijon, yana ozgina vaqt bering. Balkim hammasi joyiga tuşib ketar. U axir hali magistraturani bitirgani ham yöq-ku?!».
Ona: «Men qöşnilarga nima deb javob beraman?»...
Natijada istalmagan «çaqaloq» dunyoga keladi. Hali farzand körişni istamagan ona tun-u kunni çaqaloqqa qaraş bilan ötkaza boşlaydi. Boz ustiga, öqişi, işi va rözğori bu yoqda qarab turibdi. Kuyov doim işda, pul topmoqda. Mana şu yerda oilada turli muammolar yuzaga kela boşlaydi: janjallar, tajovuzkor harakatlar va tuşunmovçiliklar. Hammasiga belgilab qöyilgan 9 oydan söng dunyoga kelişga majbur bölgan beğubor gödak aybdor.
Ota-onaning bola va jamiyat oldida muayyan mas'uliyati yöqligi tufayli farzandga nisbatan mana şunday munosabat şakllanib ulgurgan. Boz ustiga, bola huquqini himoya qilişning aniq bir mexanizmi ham yöq, şu sababli köplab ota-onalar özi jazolanmasligini biladi.
Özbekistonda bolalarni kim himoya qiladi? Bolalarni oiladagi zöravonliklardan himoya qiliş uçun qanday aniq bir mexanizmlar mavjud? Kim bola 100 foiz davlat himoyasi ostidaligini kafolatlay oladi?
Yoşlar ittifoqimi, mahalla fuqarolar yiğinimi, Xotin-qizlar qömitasimi, NNTlarmi, prokuratura yoki içki işlar organlarimi?
Hammasi aralaşib ketgan va asosiy masala öz holiga taşlab qöyilgan. Bu holda heç kim özining aniq huquq va majburiyatlarini ham bilmaydi. Bolalarni oiladagi zöravonliklar, ota-onasining tajovuzi va hokazolardan himoyalaşning yagona mexanizmi mavjud emas.
Umuman olganda, bolalar huquqlarini himoyalaş sohasida ijtimoiy xizmatlar va muayyan qonunçilik me'yorlarining yöqligi yuqorida sanab ötilgan oqibatlarga olib kelmoqda.
Alalxusus, Özbekistonda ham bolalarning huquqlarini faol himoya qiluvçi maxsus ijtimoiy xizmatni taşkil etiş fursati yetib kelgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi