Kanadaning Kvebek provinsiyasida hukm surayotgan noodatiy issiq havo tufayli 50 dan köproq odam halok böldi.
Ta'kidlanişiça, Kvebekda ötgan dam oliş kunlari issiq havo örnatilgandan keyin 54 kişi halok böldi. Qurbonlardan 28 nafari provinsiyaning eng katta şahri Monrealga töğri kelmoqda. Qurbonlarning aksariyati 65 va undan katta yoşdagilardir. Ta'kidlanişiça, qurbonlar soni yanada köpayişi mumkin.
Kanada meteobyurosi ma'lumotlariga köra, Kvebek, Ontario provinsiyalarining janubiy qismida hamda mamlakatning Atlantika yaqinidagi hududlarida 29 iyundan beri ekstremal issiq havo örnatilib, havo harorati 30-40 darajagaça qizimoqda. 6 iyulda Kvebekda harorat biroz pasaygan, biroq 1-2 kundan keyin yana kötarilişi prognoz qilinmoqda.

















