Pokiston sudi mamlakatning sobiq boş vaziri Navoz Şarifni korrupsiya ayblovi bilan sirtdan 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Siyosatçiga qarşi tergov “Panama arxivi” çop etilgandan keyin boşlangan. Uşbu iş böyiça ötgan Şarifning qizi va kuyovi mos ravişda 7 yillik va bir yillik qamoq jazosi olgan.
2016 yil aprelda “Panama hujjatlari” orasida Şarifning farzandlari Britaniya Virginiya orollarida röyxatdan ötgan va Londonda köçmas mulkni boşqargan bir neçta ofşor kompaniyasiga yaşirin ravişda egalik qilgani haqida ma'lumot bölgan. Şarifning özi esa barça aktivlar qonuniy yöl bilan xarid qilinganini ta'kidlagan.
Muxolif partiyalar bu köçmas mulk korruptsion pullarga xarid qilinganini gumon qilib, Şarifning iste'fosini va unga qarşi jinoiy iş qözğatilişini talab qilişgan. Oliy sud boş vazirni iste'foga çiqariş uçun asoslar yetarli emasligiga qaror qilgan, biroq maxsus komissiyaga uşbu holat yuzasidan tergov olib borişni topşirgan.
Şarifning özi parlamentga çaqirtirilgan va keyinçalik aniqlanişiça yolğon körsatmalar bergan. Oliy sud 2017 yil iyulda şu asosda Şarifni lavozimidan çetlatgan hamda unga va oilasiga qarşi tergov boşlaşga ruxsat bergan.
2017 yil oktyabrda Şarifga oliy sudga yolğon ma'lumotlar taqdim qiliş va hujjatlarni qalbakilaştiriş ayblovlari qöyilgan.
Sud qaroriga köra, Şarif korrupsiya uçun 10 yillik va tergov bilan hamkorlik qilişdan boş tortgani uçun yana bir yillik qamoq jazosi olgan. Hozirda Şarif va uning qizi rafiqasi davolanayotgan Londonda qolmoqda. Şarif hukm çiqarilişidan bir neça kun avval “qandaydir diktator emasligi va sudlardan qoçib yuriş niyati yöqligini” aytib, har qanday vaziyatda Pokistonga qaytişini va hukmni şaxsan eşitiş uçun sud yiğilişining keyinga qoldirilişini söragan. Biroq Şarif tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra Buyuk Britaniyadan siyosiy boşpana olgan.
Şarif Pokiston boş vaziri lavozimini 3 marta egallagan (1990-1993, 1997-1999 yillarda va 2013 yildan to lavozimidan çetlangungaça). U Pokistondagi eng maşhur siyosatçilardan biri hisoblanadi. Unga hukm çiqarilgan kun Islomobodda hukmga qarşi ommaviy namoyişlar yuz berişi mumkinligi sababli hamkorlik çoralari kuçaytirilgan. Şarifdan keyin Pokiston vazirlar mahkamasiga uning ukasi Şohboz Şarif boşçilik qilgan.













