Turkiyaning shimoli-g‘arbida yuz bergan temir yo‘l halokati qurbonlari soni 24 nafargacha oshdi, 124 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Ahmet Demirjonga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq Taqirdog‘ viloyatida yo‘lovchi poyezdining 5 vagoni relsdan chiqib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgani, 73 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.
Voqea joyida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari mahalliy vaqt bilan 9 iyul soat 6.00da yakunlangan.
Poyezdning halokatga uchrashiga kuchli yomg‘irlar oqibatida temir yo‘l izlari ostidagi tuproqning o‘pirilishi sabab bo‘lgan. Og‘ir jarohatlanganlar voqea joyiga avtomobillarda borishning iloji yo‘qligi sababli vertolyotlar va traktorlarda evakuatsiya qilinganlar.























