Ötgan oyning 25 iyun kuni Jalaquduq tumanida bölgan mudhiş hodisadan söng voqeaga oydinlik kiritişni maqsad qildik.

Xabaringiz bor, Respublika Boş prokuraturasi 26 iyun kuni bergan ma'lumotga köra, 2018 yil 25 iyun kuni soat 10:30 larda 27 yaşar ayol A. beliga arqon bilan 2 nafar farzandini (7 yaşar qiz va 3 yaşar öğil) boğlab, özini Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hududidan oqib ötgan «Şahrixonsoy» kanaliga taşlagan, ularni fuqaro B. va boşqalar suvdan çiqarib olgan. A. ning hayoti saqlab qolingan, lekin voyaga yetmagan farzandlari M. va Ş. lar voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan A. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayni paytda tergov harakatlari davom etayotgani uçun voqeaning bor tafsilotlari töla aniqlangani yöq.

Ayol kelin bölib tuşgan “Osuda hayot” mahallasidagi xonadonidagilarni bölib ötgan hodisa yuzasidan biror fikr oliş umidida savolga tutişni ilojisi bölmadi. Çunki ular karaxt holatda ekan. Ayol voyaga yetgan “Beşkaram” mahallasidagi ota uyida ham xuddi şu holat.

Tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi rahbari Malikaxon Yusupova bilan suhbat davomida şu narsalar aniq böldiki, mudhiş jinoyatga qöl urgan ayolning oilasi tumandagi “notinç oilalar” röyxatida ham bölmagan. Tumanda bunday oilalar soni 110 tani taşkil qiladi. Turmuş örtoği, muntazam ravişda çorva boqiş bilan şuğullanib keladi. Vafot etgan 7 yoşli qiz farzandi, tumandagi 25 – maktabning birinçi sinfida ta'lim olar edi. Marhum uç yoşli öğli esa, daun sindromi bilan tuğilib, davolanayotgan bölgan.

Öşa kuni ayol 3 yoşli öğlini kasalxonaga olib boriş maqsadida tuman markaziga yöl oladi. Söng bozorga kirib arqon sotib olgaç, ikki farzandini öziga boğlab suvga taşlagan. Bu holatdan qarindoş-uruğlari ham hayron. Çunki ayolning har ikki xonadoni öziga töq oilalar ekan. Tuman mutasaddi vakilining aytişiça, butun Jalaquduqni larzaga solgan holat böyiça har ikkala oila bilan ötkazilgan suhbat davomida, ayolning ba'zida eri bilan janjallaşib, ota uyiga ketib qoliş holatlari aniqlangani aytildi. Ota-onasi uni öz uyiga borib yaşaşini söraşgan. Har qanday ota-ona öz farzandini turmuşi buzilişini xohlamaydi. Hozir tergov işlari ketayotgan vaziyatda ayolning ruhiy holati juda yomon holatda ekan.  Hayotning eng oğir zarbasiga, ya'ni öz farzandlari qotiliga aylangan ayolning holati boşqaça bölişi ham mumkin emasligi aniq. Köngilsizliklar oqibatida tinmay ota uyiga ketib qoladigan ayolning oilasi “notinç oila” röyxatiga qöşilib, alohida e'tiborga olinmagani ham muammoli holat. Mahalla fuqarolar yiğinidagi mutasaddilar holatni real baholay olmagan bölsalar kerak.