Sport | 13:00 / 10.07.2018
11947
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent klubi Anzur Ismoilovni o‘z safiga qo‘shib olganini e'lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Xitoyning «Chanchung Yatai» klubini tark etgach, erkin agent sifatida Toshkentning «Lokomotiv» klubi safiga kelib qo‘shildi.

«Temiryo‘lchilar» klubi rasmiy sahifasida ushbu futbolchi jamoa safiga qo‘shib olingani rasman e'lon qilingan.

Faoliyatini 2001 yili Samarqandning «Dinamo» klubida boshlagan futbolchi, keyingi yillarda «Traktor» (2002-2003), «Paxtakor» (2003-2010) va «Bunyodkor» (2010-2011) klublari safida to‘p surgandi. 2011 yili «Qaldirg‘ochlar» klubi safidan Xitoyga yo‘l olgan Anzur Ismoilov «Chanchun Yatai» jamoasida asosiy futbolchiga aylanib, bu klub uchun 182 o‘yin o‘tkazdi va 12ta gol urdi.

 

Mavzuga oid