9 iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida (XTV) jamoatçilik va biznes vakillari bilan uçraşuv ötkazildi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ş.Şermatov, vazir örinbosarlari A.Umarov, S.Boboxöjayev, A.Sa’dullayev, jamoatçilik va biznes vakillari Z.Hoşimov (Korzinka.uz), N.Oqilova (Nestle), X.Mamasaidov (Dekos.uz), U.Işmuhammedov (IDP IELTS), M.Qosimov (Technoplaza) va B.Orifjonovlar (Paynet asosçisi) iştirok etişdi.
XTV matbuot xizmatining xabar berişiça, kun tartibida Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatçilik kengaşini taşkil etiş masalasi muhokama qilingan. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bugungi kunda jamoatçilik fikriga alohida e’tibor qaratilayotgani ölaroq ilğor xorijiy va mahalliy tajribalarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi huzurida Jamoatçilik kengaşini taşkil etiş istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuv yakunida jamoatçilik kengaşi nizomini işlab çiqişni boşlaş va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olişga kelişildi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatçilik kengaşlari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 3837-sonli qarorning öz vaqtida bajarilişi va uning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda köplab davlat taşkilotlarida jamoatçilik kengaşi faoliyat körsatayotganini inobatga olib, vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yiğilib qolgan muammolarni bartaraf etişda orttirilgan tajriba asosida samarali iş mexanizmini taşkil qiliş lozimligi qayd etildi.

















