SAVOL: Men magistraturada texnologik yönaliş böyiça öqib kelmoqçiman. Magistratura böyiça öqiş muddati 2 yil ekan. Şu muddat içida öqişimni tugatib kelsam, iş joyim saqlanadimi?
JAVOB: Mehnat qonunçiligiga köra işni ta'lim bilan qöşib olib borişga ruxsat etiladi.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 248-moddasiga köra, işlab çiqarişda kasbga doir ta'lim olayotgan, işlab çiqarişdan ajralmagan holda malakasini oşirayotgan yoki ta'lim muassasalarida öqiyotgan xodimlarga işni ta'lim bilan birga qöşib olib borişlari uçun iş beruvçi zarur şaroitlar yaratib berişi şart.
Adliya vazirligida 22.02.2003 yilda 1222-son bilan röyxatga olingan “Oliy ta'lim töğrisida”gi Nizomning 50-bandiga köra ta'limning kunduzgi şaklida ta'lim olayotgan talabaga öqişdan böş vaqtda – kunning ikkinçi yarmida, oliy ta'lim muassasasining özida yoki boşqa taşkilotlarda mehnat şartnomasi asosida işlaşga ruxsat etiladi.
Lekin qonun hujjatlarida ikki yil davomida magistratura bosqiçida tahsil olişni ixtiyor etgan xodimning şu muddat davomida iş joyi saqlanişiga oid qoida közda tutilmagan.
Bundan şuni xulosa qiliş mumkinki, agar xodim magistratura bosqiçiga öqişga kirsa va uning öqiş joyi bilan iş joyi örtasidagi masofa yaqin bölsa (bir kunda ham öqişga, ham işga boriş imkoniyati mavjudligi nazarda tutilmoqda), öqişdan böş vaqtlarda, töliq bölmagan stavkada mehnat faoliyatini davom ettirişi mumkin.
Bordiyu, xodimning oliy ta'lim muassasasida öqişi uni işga keliş imkoniyatini butunlay çeklasa, xodimning mehnat şartnomasi bekor qilinadi va uning iş joyi saqlanmaydi.
Dilşod Abdukadirov,
huquqşunos.












