Jahondagi eng yirik muzqaymoq-kafelar tarmoği Baskin-Robbins tez orada Özbekiston bozoriga kirib keladi. Yaqin vaqtlar içida kompaniyaning Toşkentdagi franşizasi faoliyatini boşlaşi kutilmoqda.

Ma'lumot örnida aytiş joiz, Baskin-Robbins kompaniyasi butun dunyoda «31 xil maza» şiori bilan tanilgan bölib, har kuni yangiça ta'mdagi muzqaymoqlarni tatib köriş imkonini taqdim etişi uşbu ğoya asosini taşkil etadi. Hozirda 52 mamlakatda 7000dan ziyod kafelarni öz tarmoğiga birlaştirgan kompaniya Rossiya va MDH mamlakatlarida 327ta savdo nuqtasiga ega.

Eslatib ötamiz, Baskin-Robbins`dan taşqari, şu yil oxiriga qadar Özbekiston poytaxtida KFC restorani ham oçilişi kutilmoqda. Şuningdek, ötgan yili Özbekistonda McDonalds, Burger King va Starbucks kabi dunyo miqyosidagi brend taşkilotlar öz filiallari faoliyatini yölga qöyişi haqida xabarlar tarqalgandi.