Özbekistonga xalqaro mehmonxonalar tarmoqlari brendlari (mintaqalarda örta darajadagi), restoranlar, kafe va tez ovqatlaniş şoxobçalarini françayzing şartnomalari asosida taklif qiliş taklifi ilgari surilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylaştirilgan Özbekiston Prezidentining «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasiga taqdim etilgan harakatlar konsepsiyasida şunday çoralar belgilangan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, Özbekistonda McDonalds, Burger King, Starbucks, KFC va boşqa jahonga maşhur restoranlar va qahvaxonalar tarmoqlari faoliyat yuritmaydi. Xorijlik sayyohlar esa şu kabi jihatlarga ham e'tibor qaratadi va bu aslida ular uçun qöşimça qulaylik hisoblanadi.
Şunday qilib, yuqorida nomlari keltirilgan firma va kompaniyalar uçun tölovlarni amalga oşiriş maqsadida savdodan tuşgan mablağlardan françayzing xizmatlari uçun talab etiladigan summalar konvertatsiya qilib beriladi. Ekspertlarning fikriça, bu nafaqat Özbekistonning turizm jozibadorligini oşiradi, balki mamlakatdagi investitsiyaviy muhitga ijobiy ta'sir körsatadi.
Bundan taşqari, taniqli brendlar özlari bilan zamonaviy marketing mexanizmlarini olib kiradi, minglab yangi iş örinlari taşkil etadi.
McDonalds, Burger King, KFC kabilar tez ovqatlaniş restoranlari hisoblanadi, Starbucks jahon mamlakatlari böylab minglab qahvaxonalari bölgan yirik tarmoqdir.

















