18:50 / 12.07.2018
36558

«Barselona» ikki futbolchini transfer qildi

«Barselona» klubi yangi futbolchisi Artur Ramos taqdimotini o‘tkazdi.

21 yoshli braziliyalik yarimhimoyachi «Gremio» klubidan 31 million yevroga xarid qilingan edi. Bunda yana 9 million yevro bonuslar ko‘rinishida bo‘lishi belgilangan.

Ramos «Barselona» bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli 400 million yevro qilib belgilangan.

Foto: Twitter / @FCBarcelona

«Barselona» bugun ikkinchi transferini ham e'lon qildi. «Sevilya» himoyachisi Kleman Langle «Barselona» futbolchisiga aylandi.

Kataloniyaliklar 23 yoshli fransuzning shartnomasida ko‘rsatilgan 35,9 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lab, uni qo‘lga kiritishdi.

Langle bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma imzolandi. Uning tovon puli 300 million yevro qilib belgilandi.

O‘tgan mavsumda Langle «Sevilya» tarkibida 35ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan va 1 golga hammualliflik qilgan edi.

Foto: Twitter / @FCBarcelona
Top