Jurnalist va bloger Saidaziz A'zamov O‘zbekistondagi tashkilotlarning Jamoatchilik bilan aloqalar sohasiga qay darajada e'tibor qaratishi haqida so‘z yuritdi. U o‘z blogida O‘zbekistonda oxirgi oylarda diqqat markazida turgan voqealarni tegishli vazirliklar va muassasalarga bog‘lagan holda tahlil qilgan.

Marshrutkada yurgan bo‘lsangiz, unda odamlar bir-biri bilan yoki yo‘lovchilar haydovchi bilan urushib ketganiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Men ko‘p ko‘rganman, masalan. Lekin bir voqea ham esimda qolgan:

«Maksim Gorkiy» (Buyuk Ipak yo‘li) bekatida marshrutka to‘lib, endi yuraman deganda bir yigit tiqilib chiqib oldi. O‘tirishga joy yo‘q. Haydovchi Toshkentdagi boshqa ko‘plab hamkasblariga xos qo‘pollik bilan «Ho‘v, ko‘rmayapsanmi, to‘ldi-kuu!» dedi.

Yigit «O‘tirib olaman, oka» degani badtar shofir akaning g‘azabini chaqirdi: «Ukam, GAIga nima deyman?». U yigit bir gap aytdi va shofir aka murosa qildilar, yurib ketdik. Yo‘lovchilar orasida kulgi turdi: «Bu mening konduktorim deb aytasiz!».

O‘rni va vaqtida to‘g‘ri gapira olish, muomalani eplay olish, «ko‘cha ko‘rgan», «bozor ko‘rgan» bo‘lish har doim zarur bo‘lgan. Bu zarurat ayniqsa bugun oshib boryapti. Bugun yana «internet ko‘rgan» bo‘lish ham kerak. Ko‘rib o‘rganilmagan vaziyatlarda media axloq me'yorlariga rioya qilish, bir necha yillik jurnalist bo‘la turib, qovun tushirib qo‘ymaslik muhim.

Ayniqsa bugun. Ayniqsa o‘znet ancha uyg‘onib, «hayp»ga o‘ch, «sensatsiyaparast» bo‘lib qolgan, boshqa tomondan odamlar o‘z huquq va manfaatlarini anglab, ularni talab qila oluvchi «raqamli notiqlar»ga aylangan bir paytda.

Yuqoridagi marshrutka misoli o‘z yo‘liga. U juda maishiy va ahamiyatsiz inqiroz bo‘yicha. Inqirozli vaziyat katta tashkilot yoki kompaniyaning rahbari bilan sodir bo‘lsachi? Boz ustiga uning faoliyati ko‘p tarmoqli, murakkab, ishchilari soni minglarcha bo‘lsa… Deylik u bir vazirlik rahbariyati vakili yoki undan ham yuqori amal egasi bo‘lsa...

Bir necha hafta oldin bir nufuzli davlat tashkilotiga chet ellik trenerlarga tarjimonlik qilish uchun chaqirishdi. Shveytsariyadan kelgan ekspertlar o‘zbekistonlik PR mutaxassislari jamoasining bilimlariga mashg‘ulotlar o‘tdi. Ular to‘xtalgan mavzulardan biri crisis communication —