Fermer xo‘jaligi rahbaridan pora talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olindi
Buxoro viloyatining Qorako‘l tuman IIBga, “Qoraun” MFY, Qoraun qishlog‘ida yashovchi, “Boyli bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Q.X ariza bilan murojaat qilib, “Yangizamon” MFY, Yangizamon qishlog‘ida yashovchi, ushbu MFY raisi, 1967 yilda tug‘ilgan Sh.I hamda “Kamolot” MFY, Kamolot qishlog‘ida yashovchi, “Qorako‘l-Qoraun” suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rahbari, 1973 yilda tug‘ilgan R.A bilan oldindan jinoiy til biriktirib, “Qoraun” MFY hududidagi “Boyli bobo” f/x rahbari Q.X.ning ishonchiga kirib, unga tegishli fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilgan bug‘doy hosilini tuman MTP tomonidan biriktirilgan kombaynlar bilan qisqa muddatda o‘rdirib berish va fermer xo‘jaligiga belgilangan majburiyatga asosan 10 foizlik bug‘doyni davlatga topshirtirmaslik evaziga ta'magirlik yo‘li bilan 400 AQSh dollarini pora tariqasida talab qilganligini bildiradi.
Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “Qorako‘l-Qoraun» suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rahbari R.A kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollari va 1.600.000 so‘m pullarni olgan vaqtda ushlanib, ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan R.A va Sh.Ilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:42 / 05.11.2024
Toshkent viloyatida MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:35 / 03.10.2024