Samarqand şahar hokimligi majlislar zalida şahar hokimligi apparati a'zolari, sektor rahbarlari, şahardagi korxona-taşkilot rahbarlari iştirokida, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşgan yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişni Samarqand şahar hokimi Furqat Rahimov olib bordi.
Majlis avvalida asosan şahardagi obodonlaştiriş masalalariga e'tibor qaratildi. Xorijlik sayyohlar va şahar mehmonlari uçun şaharning gullarga burkaş obodonlaştiriş bilan şuğullanuvçi xodimlarning muhim vazifasi ekanligi qayd etildi. Uç kun muqaddam bölib ötgan majlisda berilgan topşiriqlar ijrosi nazorat qilindi.
Şaharda ozodalikka e'tibor yanada kuçaytirilişi, jumladan maişiy çiqindilarni bosqiçma-bosqiç 3 xil turlarga ajratiş uçun qisqa muddat içida şaharda 500 dan ziyod yangi konteynerlar örnatilişi, bunday uçtalik konteynerlarning allaqaçon 20 tasi örnatib bölingani haqida hisobot eşitildi.
Şuningdek, şahar hokimi şaharda olib borilayotgan keng miqyosdagi quriliş va obodonlaştiriş işlari, jumladan Aeroport yöli va Böstonsaroy köçalarida xonadonlari buzilayotgan fuqarolar bilan işlaş, buzilayotgan hududlarda amalga oşirilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari ijrosi bilan qiziqdi.
Şaharning tarixiy qismiga yondoş hududlarda töxtatib qöyilgan noqonuniy quriliş işlari haqida ham söz bordi. Şahar hokimi mutasaddilarga şaharda amalga oşirilayotgan quriliş işlarida mavjud me'yor va qoidalarga qat'iy amal qiliş, taniş-bilişçilik yoki boşqa vositalar evaziga qoidabuzarlikka köz yumişga aslo yöl qöyib bölmasligini alohida ta'kidlab ötdi.

Hokimlik oldida turgan yana bir masala — şahardagi maktablar va maktabgaça ta'lim muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarning qisqaça hisoboti ham tinglandi.
Oşkora ruhda ötgan majlis söngida halollik va öz kasbiga puxta yondaşuv, şahar fuqarolarning murojaatlarini tinglaş Samarqand şahrida işlayotgan har bir rahbarning asosiy iş tamoyili bölib qolişi kerakligi ta'kidlab ötildi.
Eslatib ötamiz, Samarqand viloyati rahbariyatining işdan olinişi oid miş-mişlar fonida Samarqand şahar hokimi F.Rahimov ham işdan ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinçalik şahar hokimining işdan ketgani haqidagi xabar öz tasdiğini topmagan, biroq viloyat hokimi T.Jörayev lavozimidan ozod qilingani












