Maqsadli qabul uçun istisno böladigan 41ta kollej röyxati tasdiqlandi
|15:30 / 13.07.201845 5704 min
12 iyul kuni «Kun.uz»da naşr qilingan jizzaxlik va buxorolik abituriyentlar uçun qöşimça maqsadli qabul kvotalari belgilangani haqidagi xabarda maqsadli qabulning özi nimaligi töğrisida ham ma'lumot berilgan edi.
Maqsadli qabul - bu ayrim yönalişlarda faqat ma'lum bir hudud uçun ajratilgan davlat granti şaklidagi qabul kvotalari.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga köra, maqsadli qabulga topşiriş uçun abituriyent faqat tegişli hududning örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tomonidan berilgan diplomga ega bölişi şart edi.
Biroq mazkur qoidaga ayrim özgarişlar kiritildi.
Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoni bilan akademik litseylar va respublika miqyosidagi 41ta tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari istisno sifatida belgilangan.
Bu nima degani?
Masalan, surxondaryolik abituriyent Toşkentdagi 1-Respublika tibbiyot kollejida öqigan bölsa, endi bemalol tibbiyot oliygohlarining Surxondaryo viloyati uçun ajratilgan maqsadli qabuliga hujjat topşira oladi.
Qaysi yönalişlarda maqsadli qabul bor?
Joriy yilda tibbiyot hamda irrigatsiya va qişloq xöjaligi yönalişlarida maqsadli qabul kvotalari e'lon qilingan.
Bundan taşqari yana ayrim yönalişlarda ham kam sonli maqsadli qabul kvotalari mavjud. Ularning töliq röyxatini qabul jarayonlari uçun yaratilgan Davlat test markazining maxsus platformasi orqali körişingiz mumkin.
Agar ma'lum bir yönaliş töğrisiga qavs içida hudud nomlari yozilgan bölsa, bilingki, öşa yönaliş uçun maqsadli qabul taşkil etilgan.
Ryespublika miqyosidagi tarmoq kasb-hunar ta'limi muassasalari röyxati
1-Toşkent pedagogika kolleji;
2-Toşkent yuridik kolleji;
Mavzuga oid
Qöyliq maişiy xizmat kasb-hunar kolleji;
M.Uluğbek sanoat kasb-hunar kolleji;
M.Uluğbek texnologiya kasb-hunar kolleji;
Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji;
Respublika dizayn kolleji;
Respublika rassomlik kolleji;
Respublika televideniye va radio kasb-hunar kolleji;
Sergeli yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji;
Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji;
Seregli sanoat kasb-hunar kolleji;
Toşkent aviasozlik kolleji;
Toşkent aloqa kasb-hunar kolleji;
Toşkent bank kolleji;
Toşkent bank hisob-kredit kolleji;
Toşkent geodeziya va kartografiya kasb-hunar kolleji;
Toşkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji;
Toşkent iqtisodiyot va servis kolleji;
Toşkent ixtisoslaşgan sanoat kasb-hunar kolleji;
Toşkent ixtisoslaştirilgan xotin-qizlar kolleji;
Toşkent madaniyat kolleji;
Toşkent mehmonxona xöjaligi va servis kasb-hunar kolleji;
Toşkent mehr-şafqat kasb-hunar kolleji;
Toşkent moliya va iqtisodiyot kolleji;
Toşkent soliq kolleji;
Toşkent telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji;
Toşkent temir yöl transporti kasb-hunar kolleji;
Toşkent turizm va biznes kasb-hunar kolleji;
Toşkent turizm kasb-hunar kolleji;
Toşkent xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kolleji;
Toşkent estrada-sirk kolleji;
Çilonzor matbaa kasb-hunar kolleji;
Şayxontohur transport kasb-hunar kolleji;
Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji;
Yunusobod maşinasozlik kasb-hunar kolleji;
1-Respublika tibbiyot kolleji;
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji;
Imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan Farğona şahar Respublika kasb-hunar kolleji;
Toşkent şahridagi imkoniyati çeklangan şaxslar uçun Respublika kasb-hunar kolleji;
Samarqand imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan maxsus kasb-hunar kolleji.