Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi boşliği Ilyos Abduqahhorov işdan böşatilgan. Içki işlar vazirligi saytida keltirilgan ma'lumotga köra, podpolkovnik Farhod Eşboyeviç Jörayev Samarqand viloyati IIB boşliği lavozimiga tayinlangan.

Eslatib ötamiz, şu yilning 3 iyun kuni Kattaqörğon şahar IIB binosida IIB Jinoyat-qidiruv bölimi tergovçisi San'at Umarov gumondor ayolni tahqirlab yeçinişga majburlagandi.
Özbekiston IIV mazkur holatga munosabat bildirgan va San'at Umarov içki organlari xodimlari safidan böşatilganligini ma'lum qilgandi.
Bundan taşqari, Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Qodir Jörayev Kattaqörğonda yuz bergan voqeaga keskin munosabat bildirib, “şahar rahbarlari iste'fo berişi maqsadga muvofiq bölişini” aytgandi .
















