«Adolat» partiyasi vakili, Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Qodir Jörayev Kattaqörğonda yuz bergan voqeaga keskin munosabat bildirdi. Uning fikriça şahar rahbarlari iste'fo berişi — «eng oqilona yöl» böladi.
«Iste'fo beriş — şahar rahbarlari uçun eng oqilona yöl! Kattaqörğon şahridagi mudhiş hodisa faqat bir kişining aybi bilan sodir bölmagan. Bunga şahardagi butun boşli tizim aybdor! Şunday vaziyatda şahar IIB boşliği va şahar prokurori hamma aybni öz zimmalariga olib, iste'fo bersa, maqsadga muvofiq bölardi.
Nima uçun deysizmi? Şahar ahlining işonçini oqlamaganliklari uçun; davlatimizning hozirgi siyosati mazmun-mohiyatini xodimlarga tuşuntirib berolmaganliklari va ular ustidan nazoratni qöldan boy berganliklari uçun; Prezidentimizning topşiriqlari sözsiz bajarilişini ta'minlab bermaganliklari uçun; eng yomoni — millatimiz kelajagi bölmiş ayol zotining tahqirlanişiga yöl qöyib berganliklari uçun!», deya yozgan deputat feysbukdagi sahifasida.
Bundan oldinroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasining boşqa bir deputati Rasul Kuşerbayev voqeaga munosabat bildirgandi: «Ular öğri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boşli millatni, xalqni, davlatni yeçintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar».

















