Pokistonning Laxor şahri aeroportida mamlakatning sobiq boş vaziri Navoz Şarif va uning qizi hibsga olindi.
Politsiyaçilar ulardan pasportlarini olib qöyişgan va turmaga olib ketişgan, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Avvalroq Şarif va uning qizi Maryam Pokiston sudi tomonidan sirtdan 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
Şarif “Panama hujjatlari”da uning oilasi haqida ma'lumotlar borligi sababli iste'foga çiqqan. Hujjatlarda aytilişiça, Şarifning öğillari Hasan va Husan hamda qizi Maryam Londonda qimmatbaho uylar xarid qilgan. Pokistonda uylar noqonuniy yöl bilan xarid qilingani gumon qilingan.













