Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud-huquq tizimini yanada takomillaştiriş va sud hokimiyati organlariga işonçni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi. Hujjat matni ÖzAda keltirilgan.

Farmonda sudlarning jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan işlari qoniqarsiz darajada taşkil etilganligi sud faoliyatini lozim darajada yoritiş imkonini bermayotgani hamda aholining sud hokimiyatiga işonçi pasayişiga olib kelayotgani ta'kidlab ötilgan.

Şuningdek, sudyalarni moddiy ta'minlaş va ijtimoiy himoya qilişning amaldagi tizimi sud hokimiyatining alohida mavqei va obrösiga, sudyalar mustaqilligi prinsiplariga muvofiq emasligi kasbiy ösişni yanada rağbatlantirişga tösqinlik qilib, kadrlar qönimsizligiga olib kelayotani qayd etilgan.

Endilikda, uşbu farmon bilan odil sudlovni amalga oşiriş sifatini yaxşilaş, jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasi kafolatlarini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravişda e'lon qiliş tartibi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Qabul qilingan sud hujjati öqib eşittirilganidan söng uning mazmun-mohiyati sud protsessi iştirokçilariga tuşuntirilişi sud amaliyotiga joriy etiladi.

Sudlar faoliyati töğrisida jamoatçilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qiliş maqsadida har çorakda viloyat sudlari raislari va ularning örinbosarlari tomonidan brifinglar ötkaziladi.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay'atlari tomonidan sud işlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglaştirilgan sudlar tomonidan sud işlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida körib çiqiş amaliyoti obzorlari har çorakda e'lon qilinadi.

Hujjatga muvofiq sudyalar oyligi oşgan, xususan, 2018 yil 1 avgustdan boşlab:

- Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaşning tasdiqlangan razryadlariga köra sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengaşi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlaş departamenti va uning hududiy bölimlari xodimlarining lavozim maoşini aniqlaşda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qöllaniladi;
- malaka darajasi va mansab darajasiga ega bölganlarga 50 foiz miqdorida ustama tölanadi;
- köp yillik xizmatlari uçun, lavozim maoşlariga (mehnatni rağbatlantiriş koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uçun qöşimça haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uçun belgilangan miqdorlarga tenglaştiriladi;