Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining «Feysbuk»dagi sahifasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar yirik korruptsion sxemaga çek qöygani haqidagi lavha e'lon qilindi.

Mazkur lavha «Axborot-24» dasturida ham namoyiş etildi. Qözğatilgan jinoyat işlaridan birining figuranti Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan Turobjon Jörayevdir.

Lavhada prezident Şavkat Mirziyoyev lavozimiga kirişganidan söng eng birinçi imzolagan qonunlaridan biri «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida» bölganiga urğu berildi.

Prezident mansabdorlar va hokimiyat vakillari qanday işlaşi kerakligini bot-bot takrorlayotganiga qaramasdan mansabdor şaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bartaraf etilmayotganiga lavhada urğu berilgan.

Prezidentimiz faoliyatining dastlabki kunlarida «Bizning birinçi galdagi vazifamiz — muammoni tik qarşi oliş, ularni hal qiliş, adolatni ta'minlaş, boşboşdoqlik va korrupsiyaga çek qöyiş, insonlar hayotini yaxşilaşdir», degan edi.

Lavhada Samarqand viloyat hokimi lavozimida işlab kelgan Turobjon Jörayev özining şaxsiy manfaatlari yölida prezident işonçini suiiste'mol qilgani qattiq qoralab ötildi.

U muammolarni joyida hal etiş, viloyat aholisiga yordam körsatiş örniga pora olişning butun bir vertikal tizimini yaratgani oşkor qilindi.

Tergov-suriştiruv işlari davomida Turobjon Jörayevning özi bu borada biror narsani inkor etmagan.

Viloyat hokimligida işlovçi lavozimdor şaxslar — hokimning quriliş masalalari böyiça örinbosari Ötkir Abdullayev, quriliş işlari böyiça mutaxassis — Bahodir Xöjaqulov va viloyat hokimining yordamçisi — Botir Abdullayev ham mazkur jinoiy işga aloqador hisoblanmoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand viloyat hokimligida turar joylar quriş uçun ruxsatnoma beriş, yer uçastkalarini taqsimlaşda öziga xos «stavka» joriy etilgan.