Yaponiyada katta hududda, jumladan yaqinda toşqinlardan jabr körgan tumanlarda issiq havo sababli bir kun içida 4 kişi vafot etdi, 1042 kişi şifoxonaga tuşdi. Bu haqda Kiodo axborot agentligi ma'lum qildi.
Issiq havo tufayli Sidzuoka, Siga, Xirosima va Toyama prefekturalarida 4 kişi vafot etgan.
Issiq havo, şuningdek, yaqinda toşqinlardan jabr körgan hududlarda ham kuzatilmoqda. Xirosimada termometr körsatgiçi 37 daraja issiqqaça, Gifu, Kioto, Mieda esa 38 darajagaça kötarilgan. Toşqin yuz bergan hududlarda vaziyat suv ta'minoti işlamayotgani sababli yana-da murakkablaşgan.
Prognozlarga köra, Yaponiyaning katta hududida 15 iyulda ham issiq havo saqlanib qolinib, harorat 40 darajagaça yetişi mumkin.

















