Bugun, 15 iyul kuni tongida bir yöla uç nafar özbekistonlik professional boksçi AQŞda navbatdagi janglarini ötkazdi.

Dastlab Rio-2016 Olimpiadasi çempioni Fazliddin Ğoibnazarov amerikalik boksçi Kevin Jonsonga qarşi ringga kötarildi.

Töliq davom etgan jangda ğolib oçkolar hisobiga köra aniqlandi.

Hakamlar qaroriga köra Fazliddin Ğoibnazarov 78:74 hisobida ğalaba qozondi va navbatdagi ğalabani qölga kiritdi.

Ma'lumot uçun, Fazliddin şu kungaça prof ringda törtta jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongandi (2tasida nokaut bilan). Uning raqibi uçun esa bu ilk mağlubiyat böldi, u şu vaqtgaça beşta jang ötkazib, barçasida raqiblarini mağlub etgandi (4tasida nokaut).

Şu tariqa, Ğoibnazarov ğalabali seriyasini davom ettirdi.