KUN.UZ tahririyatiga aholidan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar sabab avtomobil narxlari o‘rganib chiqildi. Mazkur murojaatlarda quyidagi savollar o‘rtaga tashlangan: avtomobil narxlari viloyat va Toshkent shahrida bir xil holatdami? 2019 yil 1 yanvardan xorij avtomobillariga boj kamaytirilar ekan, bu hozirdan narxlarga o‘z ta'sirini o‘tkazmoqdami? 2018 yil iyun oyida RAVON avtomobillari Rossiyada bironta ham sotilmadi, shu sababli avtomobillar narxi arzonlashishi rostmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan Sergeli avtomobil bozorida  bo‘ldik.

Havo harorati issiqligiga qaramay bozorda savdo-sotiq avjida edi. Dastlab milliy avtomobillar narxlarini o‘rgandik. Barcha rusumdagi avtomobillarning bozor narxlarini qayd qilishga harakat qildik. Avtomobil narxlari AQSh dollarida keltirilgan.

2006 yil ishlab chiqarilgan va 300000 km yurgan Matiz’ning 1-pozitsiya Best avtomobili 3700 AQSh dollari;

2015 yil ishlab chiqarilgan va 48000 km yurgan Matiz’ning 2-pozitsiyasi  4800 AQSh dollari;

2010 yil ishlab chiqarilgan va 206000 km yurgan Spark’ning 2-pozitsiyasi 5300 AQSh dollari;

2016 yil ishlab chiqarilgan va 34000 km yurgan Matiz’ning 3-pozitsiyasi 5800 AQSh dollari;

2014 yil ishlab chiqarilgan va 3000 km yurgan Nexia’ning 2-pozitsiyasi 7800 AQSh dollari;

2018 yil ishlab chiqarilgan va 7200 km yurgan Spark mashinasining 2-pozitsiyasi egasi tomonidan 8800 AQSh dollari miqdorida baholanmoqda.

2012 yil ishlab chiqarilgan va 283000 km yurgan Lacetti’ning 1-pozitsiyasi 8900 AQSh dollari;