O‘zbekiston | 12:40 / 15.07.2018
89093
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bugundan ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 2 iyul kuni «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi. Ushbu hujjat respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Davlat rahbari farmoniga ko‘ra, bugun, 15 iyuldan boshlab byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,07 baravarga oshdi.

Shu tariqa, bugundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi – oyiga 184 300 so‘m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so‘m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2018 yilning 15 iyulidan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Mavzuga oid