Innovatsion rivojlanish vazirligiga yangi vazir o‘rinbosari tayinlandi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
13 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, Nazarov Azimjon Soatmurod o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qilmoqda.
Shu paytga qadar, Azimjon Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Tadqiqotlar va iqtisodiyot real sektoriga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.
42 yoshli vazir o‘rinbosari 1997 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injyenerlar institutini va 2000 yili AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan. Davlatlararo koordinatsion suv xo‘jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazida faoliyat yuritgan. Shuningdek, taxminan 10 yil davomida qishloq va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy xavfsizlik, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish, institutsional tuzilish va shu kabi boshqa tarmoqlarda professional xizmatlarni taqdim etuvchi Nazar Business and Technology xususiy konsalting kompaniyasini boshqargan.
«Innovatsiya vazirligidagi faoliyati davomida ko‘plab loyihalarga mas'ul bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
-
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
Jahon | 23:21 / 15.05.2025
-
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?
Jahon | 22:50 / 15.05.2025
Mavzuga oid

12:27 / 24.11.2022
“Ziyoli qatlam ustidagi tajribalarda ehtiyotkorlik lozim”. Mutaxassislar – doktorantura qabulidagi beqarorlik haqida

10:54 / 17.11.2022
Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)

17:10 / 01.05.2022
Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim mussasalaridagi yangi prorektorlik lavozimi qanday natija keltirayotgani haqida gapirdi

13:55 / 25.07.2021