Sobiq siyosatçi, 2003-2011 yillarda AQŞning Kaliforniya ştati gubernatori bölgan Arnold Şvartsenegger 16 iyul kuni bölib ötgan Donald Tramp hamda Vladimir Putin iştirokidagi uçraşuv haqida munosabat bildirar ekan AQŞ rahbarini keskin tanqid qilgan videomurojaatni e'lon qildi.
«Janob Tramp, hozirgina sizning iştirokingizdagi matbuot anjumanini kördim. Siz u yerda «ammamning buzoği»ga öxşab turdingiz va özingizni xuddi Putinning fanatidek tutdingiz. Putindan dastxat söramasaydingiz yoki u bilan selfiga tuşmasaydingiz, deb qörqib turdim.
Bu anjumanda siz bizning razvedkamizni, huquq tizimimizni sotdingiz. Eng dahşatlisi, siz vatanimizni sotdingiz. Sizga nima böldi? Ronald Reygan Berlin devori oldida turib: «Janob, Gorbaçev, bu devorni buzib taşlang», degandi. Öşa buyuk sözlardan nima qoldi axir?»,- deyiladi murojaatda.
Avvalroq Şvartsenegger Putin bilan uçraşuvda Trampni «qaynatilgan makaron»ga öxşatgandi.
Tramp Xelsinkida ötgan Putin bilan uçraşuvdan keyin keskin tanqidlar ostida qolib ketdi. Amerikaliklar Rossiyani özlariga raqobatçi yoki ittifoqçi emas, duşman sifatida bilişadi. Trampning ruslarga, xususan Putinga nisbatan yumşoq munosabati esa AQŞ fuqarolarining ğazabini keltirmoqda. AQŞ matbuoti köplab amaldagi va sobiq siyosatçilarning Trampni tanqid qilgan çiqişlarini e'lon qilişdan töxtamayapti.

















