Prezident Şavkat Mirziyoyev Yadro fizikasi institutida Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, olimlar, yoş tadqiqotçilar bilan muloqot qildi.
«Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirişga katta e'tibor qaratilayotgani, keyingi bir yilda prezidentning sohaga doir 11 farmon va qarori qabul qilingani qayd etildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Lekin fan bilan işlab çiqariş örtasidagi integratsiya past darajada qolayotgani, ilmiy izlanişlar yetarliça qöllab-quvvatlanmayotgani tanqid qilingan.
«Har bir ilmiy işga mahsulot sifatida qaralişi, uning xaridori oldindan aniq bölişi kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ilmiy işlanmalarning amaliyotga tatbiq etilişini qöllab-quvvatlaş uçun 100 million dollar grant ajratilişi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oylik maoşlari bir neça barobar oşirilişini ma'lum qildi.
Uçraşuvda bu boradagi işlarni amalga oşiriş, kadrlar tayyorlaş, ilmiy işlanmalar yaratiş va sohaga tatbiq etiş masalalari töğrisida fikr almaşildi.
Bundan avvalroq «Özbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilingani, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi taşkil etilgani haqida xabar berilgandi.

















