Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uzunligi 7,1 kilometr bo‘lgan mazkur yo‘nalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab o‘tib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bog‘lanadi. Temir yo‘l estakada usulida qurilib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar o‘rnatiladi.
Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini ko‘zdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri yer usti metrosining birinchi bosqichi qachon ishga tushirilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:11 / 15.05.2026
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
20:31 / 13.05.2026
Toshkentda “Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi quriladi
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
18:41 / 11.05.2026