Toshkent shahri yer usti metrosining birinchi bosqichi qachon ishga tushirilishi ma'lum bo‘ldi
Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat mazkur metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab Toshkent metropolitenining «Do‘stlik» bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi.
«Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bog‘lanib qolishi noto‘g‘ri. Yer usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani o‘ziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yo‘l haqi tushumi ham vaqtida va joyida bo‘ladi», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi ta'kidlandi.
Prezident yer usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024