CNN: Trampning ishonchi puchga chiqdi, Vashingtonda vahima paydo bo‘lgan
AQSh prezidenti Donald Trampda tashvishlanish uchun sabablar ko‘payib bormoqda: Xelsinki sammitidan so‘ng turlicha fikrlar, Rossiya aralashuvi atrofidagi surishtiruvlar, KXDR masalasi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishning yo‘qligi, deya ta'kidlaydi CNN telekanali.
Oq uyning Oval kabineti atrofida avj olayotgan bahslar shundan darak beradiki, Tramp o‘z himoyasini ko‘proq nazoratga olmoqda va yuqori xatarga ega siyosiy hamda yuridik strategiyalarni ilgari surishga tayyor turibdi, deyiladi materialda. AQSh maxsus prokurori Robert Myullerga yolg‘ondan to‘qib chiqarilgan bahonalar bilan uyushtirilayotgan hujumlar, keyingi qarordan qo‘rqayotgan va o‘z taqdirida jazodan qochishga ishonchi komil bo‘lmagan inson tasavvurini uyg‘otmoqda, deya hisoblaydi CNN.
Bundan tashqari, «bu kutilmagan prezidentlikning eng syurrealistik jihati» boshqa xorijiy davlatda AQSh prezidentiga qarshi qandaydir hujjatlar bor bo‘lishi mumkin ekanligida.
Biroq, Trampning Rossiya bilan munosabatlarni qurishdagi niyati qanday bo‘lmasin, Vashingtonda bu davlat bilan yaqinlashish tufayli vahima paydo bo‘lgan. Garchi ko‘pchilik o‘zaro aloqalar uzib tashlangan xavfli paytda yadro quroliga ega ikki qudratli mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi muloqot lozim ekanini tushunib turibdi, deya qayd etadi telekanal. Trampning o‘zi Xelsinkidagi sammitni qattiq himoya qilyapti va uni katta muvaffaqiyat sifatida baholamoqda.
AQSh prezidenti boshqa bir yirik sammitning natijalariga e'tibor ortib borayotganiga ham to‘qnash kelmoqda: uning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Singapurdagi uchrashuvi yadro tahdidi yo‘qolgani haqidagi qarorning e'lon qilinishi bilan tugagandi.
Biroq, Pxenyan o‘shandan beri o‘zining diplomatik chalkashlik va sustkashlikka to‘la strategiyasiga qaytdi, deyiladi materialda. CNN’ning amerikalik amaldorga asosan xabar qilishicha, Trampning umidi haqiqatdan ham puchga chiqdi, biroq u KXDR tomonidan yadro va raketa sinovlarining to‘xtatilishi yaxshi natija, degan ishonchda yuribdi.