Mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun xorijiy ekspertlar jalb etiladi
Vazirlar Mahkamasining 12.07.2018 yildagi «Iqtisodiyotning muhim sohalarini isloh qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 534-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi iqtisodiyotimizning muhim sohalarini isloh qilishga doir uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradigan nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.
Jadvalda sanab o‘tilgan muassasalar bilan bitimlar (kontraktlar) 1 avgustgacha imzolanadi. O‘zbekiston tomonidan imzolovchi – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi. 10 avgustgacha hamkorlik qilish hamda aniq muddatlar, bosqichlar va kutilayotgan natijalarni ko‘rsatgan holda ular taqdim etgan takliflarni amalda qo‘llash dasturi qabul qilinadi. Xalqaro ekspertlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik iqtisodiyotning strategik sohalari korxonalari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan.
O‘zbekiston milliy banki huzuridagi Jahon bozorlari, investitsiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi «Investitsiyalar ekspert markazi» DUKga (Markaz) aylantirildi. U Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga investitsiyalashning istiqbolli yo‘nalishlari va yangi loyihalarni amalga oshirishni taklif qiladi, shuningdek mahalliy tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari va kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi, malakali va nufuzli ekspertlarni jalb etadi (Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda).
Hujjatda bir qator soliq va bojxona imtiyozlari nazarda tutilgan. Xususan, quyidagilar 2021 yil 1 iyulgacha ozod qilinadi:
• O‘zbekiston norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan, xorijiy mutaxassislar (sh.j. xalqaro ekspertlar) esa – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Markaz bilan tuziladigan bitimlar (kontraktlar) doirasida olingan daromadlar bo‘yicha JShDSni to‘lashdan;
• xalqaro ekspertlar samarali ishlashi uchun Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Markaz bilan tuzilgan bitimlar (kontraktlar) doirasida ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, telekom-tizim va boshqa vositalar – bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
Hujjat 17.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damas va Labo ishlab chiqarish to‘xtatiladimi?
O‘zbekiston | 16:09
-
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi
Jahon | 16:01
-
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi
O‘zbekiston | 15:52
-
O‘zbekistonlik yosh mutaxassislar Germaniyadagi korxonalarga ishga jalb etiladi
O‘zbekiston | 15:50
Mavzuga oid

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025