Hindiston AQŞda koinot qurilmalari uçun quyoş batareyalari panellarini işlab çiqariş texnologiyasini xarid qildi va bu batareyalarni mustaqil ravişda işlab çiqarmoqçi. The Times of India naşrining ma'lum qilişiça, bu milliy koinot dasturini rivojlantirişdagi navbatdagi qadamdir.

“Bugun biz töliq AQŞ importiga boğliqmiz. Hozirdayoq bu quyoş batareyalarini ulgurji sotib olişda ba'zi çeklovlarga duç kelmoqdamiz. Agar bu muhim qismlarning importi biror sababga köra töxtab qolsa, unda bizning sun'iy yöldoş dasturimiz boşi berk köçaga kirib qoladi. Importdan boğliqlikni kamaytiriş uçun biz quyoş batareyalarni şu yerda işlab çiqarişga qaror qildik”, deb aytgan Hindiston koinot tadqiqotlari taşkiloti rahbari Kaylasavadiva Sivan. Uning ta'kidlaşiça, sun'iy yöldoşni işlab çiqariş uçun 1,5 mingtadan 10-15 mingtagaça quyoş batareyasi talab etiladi. Bu batareyalarsiz esa sun'iy yöldoş tezda koinot çiqindisiga aylanadi.

Nyu-Dehli milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda. 2017 yilda hind sun'iy yöldoşlarining uçirilişini 2 barobarga köpaytiriş va yaqin 5 yilda koinotga 60 ta qurilma olib çiqiş rejalaştirilayotgani ma'lum qilingan. Hindiston 2017 yilda koinot tadqiqotlariga xarajatlar böyiça AQŞ, Xitoy, Rossiya va Yaponiyadan keyin 5-öringa kötarilib olgan.