
Yaqinda Airbnb ta'sisçilaridan biri Jo Gebbia Tim Ferrisning podkastida öz tajribasi, kompaniya rivojlanişining boşlanğiç davri va özi tadbirkor sifatida amal qilgan tamoyillar töğrisida sözlab berdi.
Kitobni butunlay öqimagunça sönggi bobga diqqatni qaratmang.
Maşhur tadbirkorlar tarixi haqida eşitganda istaymizmi-yöqmi faqat kompaniya muvaffaqiyatiga e'tibor beramiz. Muammo şundaki, faqat omadga diqqatni qaratganda hikoyaning haqiqatan ham qiziq joylari – mağlubiyatlar, buriliş onlarini nazardan qoçiramiz. Bunga e'tibor beriş lozim. Mukammallik fikriga öralaşib qolmang. Rim ham bir kunda barpo etilmagan.
Bir keça içida virusga aylangan veb-sayt – dasturçining öninçi marta urinişi mevasi. Tanişing joylaşgan yaxşi iş bir neça rad etişlar va suhbatga soatlab tayyorlanişning natijasidir. Bir onda yuz bergan muvaffaqiyat – afsona.
Yaxşi ğoyalar bahslarga sabab böladi
Agar Airbnb tarixini avval ham eşitgan bölsangiz, kompaniya darhol muvaffaqiyatga erişmaganini bilasiz. Bu ğoyani eşitgan odamlarning yarmiga yoqib qoladi va uni amalga oşirişda zudlik bilan iştirok etişni istaydilar. Biroq qolgan ikkinçi yarmiga u ahmoqona bölib tuyuladi. Kim ham öz uyiga notaniş odamni kiritişni istardi?
Bu haqiqatan ham innovatsion ğoyalar juda xavfli bölişini anglatadi. U odamni öylaşga majbur qiladi va köplab bahslarning sababiga aylanadi.
Köpinça startapingizning ğoyasini dastlabki bosqiçda aynan şu yöl bilan tekşiriş mumkin.
Iştiyoq bebaho
Jo Gebbia öz hikoyasida iştiyoqni bir neça bor esladi. Agar iştiyoqni namoyiş etsangiz, odamlar bu quvvatdan kuç olib, kelajakda sizga yordam berişadi.
Mahsulotlar bilan işlaş haqida gap ketganida bu ayniqsa foydali. Iştiyoq asosçi, yaratuvçi va dasturçilar uçun muhim.
















