O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Quyidagilar hududiy tizimlarda rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

podpolkovnik Rustambek Ubadullayevich Ummatqulov - Jizzax viloyati Yangiobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Bahodir Ergashevich Arslanov - Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bug‘doy o‘rimi mavsumida fuqaroni urgan Yangiobod IIB boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochilgani xabar berilgandi.