Ma'lumki, yozgi çilla davri ğöza parvarişida eng dolzarb payt hisoblanadi. Ertangi möl hosil şu davrdagi harakatga boğliq. Bu yilgi ob-havo şaroiti ğöza uçun biroz noqulay kelganini hisobga olgan holda, ayni damlarda amalga oşiriladigan agrotexnik tadbirlarga alohida e'tibor qaratiş şart. Bu jarayonda mexanizatorlarning mehnati beqiyos.
Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça viloyatda 3 ming nafardan ortiq mexanizatorlar uçun Qarşi şahridagi amfiteatrda tadbir taşkil qilinib, soha xodimlari traktorçilar, kultivatorlar uçun maxsus konsert dasturi namoyiş etildi. Voha san'atkorlari ijrosidagi kuy-qöşiqlarda mexanizatorlarning zalvorli mehnati, yurtimizdagi möl-köllik, tinçlik-osoyiştalik madh etildi.
Şu ma'noda viloyat böylab ötkazilayotgan tadbirlarda qişloq xöjaligi jabhasida jonbozlik körsatayotgan mexanizatorlarga hurmat körsatiş, ular mehnatini munosib rağbatlantiriş istagi alohida örin tutdi. Jumladan, Qarşi şahridagi amfiteatrda mexanizatorlar uçun taşkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Zafar Röziyev qatnaşib mexanizatorlarni taqdirladi. Ularga qimmatbaho sovğalar topşirildi.
- Dala mehnati maşaqqatlariga har kim ham bardoş berolmaydi. Bu mexanizatorlarning qanday zalvorli vazifani ado etayotganini körsatib turibdi. Şu sababli ularni qança maqtasak, e'zozlasak, arziydi, - dedi viloyat hokimi.
Tadbirda joriy yilda oldimizda turgan vazifalar soha xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaşi, mazkur tadbirlar qişloq xöjaligida yuqori natijalarga erişiş garovi ekani alohida ta'kidlandi.
Tadbir 2018 yil nafaqat mamlakatimiz qişloq xöjaligi, balki barça sohalar uçun yanada barakali kelişi, yutuqlarimiz köpayişi, yurtimizda tinçlik abadiy bölişi uçun bildirilgan tilaklar bilan yakunlandi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri















