Qozoğistonning Turkiston viloyati Ördabasi tumani rahbari Raşid Kaypjanov hibsga olindi.
Aksilkorrupsiya xizmatida Kaypjanov nimada gumon qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan. U 2017 yil avgustda tuman rahbari etib tayinlangan.
Şu bilan birga Turkiston viloyati amaldorlari tomonidan yer qonunçiligining buzilişi holatlari aniqlangan. Viloyat rahbari iştirokida viloyat prokuraturasi hay'atining yer qonunçiligiga amal qilinişi tekşiruvi natijalari böyiça yiğilişi bölib ötgan.
“Akimatlarning yer munosabatlari sohasidagi işi tegişli darajada amalga oşirilmayapti, yer maydonlarini berişda köplab qoidabuzarliklarga yöl qöyilgan. Masalan, Sayram tumani akimati tomonidan yer qonunçiligi talablariga amal qilinmagan holda 50 gektar yerning xususiy turar joylar uçun soxta hujjatlar böyiça 400 ta maydonga taqsimlanişiga yöl qöyilgan. Turkistonda yer maydonlarining tanlov va auksionlar orqali taqdim qilingani haqidagi komissiyaning soxta bayonnomalari asosida 100 gektarlik 130 dan köproq yer maydoni noqonuniy rasmiylaştirilgan”, deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, uşbu qonunbuzarliklar oqibatida davlatga 700 mln tengedan köproq ziyon yetkazilgan. Uşbu holatlar böyiça sudgaça tergov işlari olib borilmoqda.
“Şu bilan birga yerlarning davlat mulkiga qaytarilişi böyiça çoralar körilmoqda. Joriy yilning 6 oyi natijalariga köra prokurorlar tomonidan körilgan çoralar natijasida 73 kişi turli darajadagi javobgarlikka tortilgan, davlatga 1 mlrd tengelik 19 ming gektardan köproq yer qaytarilgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.

















