Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Qizil dengiz orqali neft tashuvini to‘xtatdi
Foto: SPA
Dunyodagi eng katta neft eksportyori hisoblangan Saudiya Arabistoni 26 iyul kuni neft tashuvini Qizil dengizdagi Bob al-Mandib orqali amalga oshirmay turishini ma'lum qildi. Bu haqda mamlakat Energetika vaziri Xolid al-Falih ma'lumot tarqatgan.
«Saudiya Arabistoni Bob al-Mandib orqali o‘tuvchi barcha neft tashuvini noma'lum muddatgacha bekor qiladi. Bob al-Mandibdagi vaziyat aniqlashtirib, hudud xavfsiz bo‘lishini kutamiz», deyiladi vazirning bayonotida.
Yamandagi husiylar harakati a'zolari hujum qilgan, deb ko‘rilayotgan ikkita neft tashuvchi katta tankerlar aynan Saudiya Arabistonga tegishli edi.
Ayni paytda Yamanda Saudiya qirolligi oilasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan koalitsiya asosan shialardan tashkil topgan husiylar guruhi bilan uch yildan buyon kurashib kelmoqda.
Suvaysh kanali orqali Yevropaga yetkazib beriladigan neft fuqarolar urushi girdobida qolgan Yamanning qirg‘oqlaridan olib o‘tiladi. Saudiya Arabistoni ushbu vaziyatda mintaqaviy raqibi Eronni ayblaydi. Biroq, bu doim inkor etib kelingan.
Mavzuga oid
09:38 / 07.04.2026
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
18:07 / 05.04.2026
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026