O‘zbekiston va Belarus tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va marketing boshqarmasi boshlig‘i - Farmatsevtika sanoati departamenti direktori o‘rinbosari Viktor Shein ma'lum qildi, deb yozmoqda BelTA.
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda «Belfarmprom» xoldingi va infuzion-transfuzion sistemalar, qon quyish uchun asboblar, zondlar, drenaj qurilmalari va dializ uchun boshqa tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Borisov tibbiy preparatlar zavodining sho‘'ba korxonasi - «Frebor» UK rahbariyati qo‘shma korxona bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
«O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarishni tashkil etish shaklida quvvatlarning bir qismini ko‘chirishni rejalashtirmoqdamiz», - dedi Viktor Shein.
Uning ta'kidlashicha, Belarus tomoni boshqa mamlakatlar, masalan, Gruziya va Tojikiston bozorlarida ham shunday sxemada ishlashni rejalashtirgan.











